Chevrolet Damas va Labo — O‘zbekistondagi kichik biznesning asosidir. Ular mollarni tashiydi, buyurtmalarni yetkazib beradi, Toshkentning cheksiz tirbandliklarida turadi va kuniga 10–12 soatdan tinimsiz mehnat qiladi.
Dvigatel hajmining kichikligi (0.8 l) motor deyarli har doim o‘z imkoniyatlarining eng yuqori cho‘qqisida ishlashini anglatadi. Agar bunga yozgi +45°C gacha bo‘lgan issiqni va kuzovning to‘liq yuklanishini qo‘shsak, standart motor moylari atigi bir necha ming kilometrdan keyin o‘z xususiyatini yo‘qotadi.
Ortiqcha xarajatlarsiz tijorat mashinasini qanday himoya qilish mumkin? MANNOL ekspertlari og‘ir sharoitlar uchun maxsus ishlab chiqilgan hamyonbop, ammo chidamli moylar liniyasini tanlab berishdi.
Nima uchun oddiy moy Damas va Labo’da tez «yonib» ketadi?
Shahar ichidagi «start-stop» sikli, doimiy yuk tashish va issiq harorat motorni yuqori haroratlarda ishlashga majbur qiladi. Bunday sharoitda arzon va sifatsiz moylar:
- Suyulib ketadi — moy parda haddan tashqari ingichka bo‘lib qoladi, natijada detallar bir-biriga ishqalanib yeyila boshlaydi.
- Kuyib ketadi — moy darajasi (uroveni) tushib ketadi, qora qurum paydo bo‘ladi.
- Motorni ifloslantiradi — shlamlar hosil bo‘lib, dvigatelning shundoq ham kam bo‘lgan quvvatini yanada pasaytiradi.
Damas va Labo uchun qizib ketganda ham qovushqoqligini saqlaydigan va oqilona narxga ega moy kerak. Chunki katta yurgan masofalar (probeg) tufayli uni tez-tez almashtirishga to‘g‘ri keladi.
Damas va Labo uchun MANNOL’dan TOP-3 moy
1. MANNOL Defender 10W-40 (Yarim sintetika) — Xalq tanlovi
Bu ma’lum bir masofa bosib o‘tgan (probegi bor) motorlar uchun narx va himoyaning eng maqbul kombinatsiyasidir.
- Ushbu moyning ustunligi: Noyob gidrokreking texnologiyasi detallarni hatto kritik yuklanishlarda ham yeyilishdan himoya qiladi. Moy kuyib ketishni kamaytiradi va porshen halqalarini (kolso) asraydi.
- Kimlar uchun: Har kuni shahar ichida og‘ir yuk tashiydigan mashinalar uchun ideal.
2. MANNOL Molibden Benzin 10W-40 — Ishqalanishdan maksimal himoya
Molibden disulfidi (MoS₂) qo‘shilgan maxsus moy. Uni o‘ziga xos to‘q rangidan osongina tanib olish mumkin.
- Ushbu moyning ustunligi: Molibden dvigatel detallarida o‘ta mustahkam himoya qatlamini hosil qiladi. Hatto motor kunduzgi eng issiq vaqtda o‘z imkoniyati darajasida ishlasa ham, metall yeyilmaydi. Bu moy charchagan dvigatellarning umrini tom ma’noda uzaytiradi.
- Kimlar uchun: Shaharlararo qatnaydigan yoki ekspress-etkazib berish rejimida ishlaydigan avtomobillar uchun.
3. MANNOL Classic 10W-40 — Universal chidamlilik
Yarim sintetik asosdagi har qanday faslga mos motor moyi.
- Ushbu moyning ustunligi: Zo‘r yuvish xususiyatlariga ega. U qurum va lak qatlamlarining detallarga o‘tirib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi va dvigatelning ichki qismini toza saqlaydi.
- Kimlar uchun: Yangi yoki kapital remontdan chiqqan, uzluksiz va barqaror ishlashi muhim bo‘lgan avtomobillar uchun.
MANNOL’dan maslahat: almashtirish vaqtini unutmang!
Tijorat transporti bosib o‘tilgan masofani boshqacha hisoblaydi. Konditsioner yoqilgan holda tirbandlikda 1 soat turish, moyga tushadigan yuklama bo‘yicha trassadagi 30–40 km yurishga teng.
Shuning uchun shahar rejimida Damas va Labo uchun moy almashtirish oralig‘ini 5 000 — 6 000 kmgacha qisqartirishni tavsiya etamiz. Bu motorni vaqtidan oldin ta’mirlashdan ko‘ra ancha arzonga tushadi.
O‘zbekistonda original MANNOL moylarini qidiryapsizmi? Biznesingizni qalbaki mahsulotlardan himoya qilish uchun moylarni faqat rasmiy dilerlardan va sertifikatlangan savdo nuqtalaridan sotib oling!